"Vest Bromviç" jamoasi hujumçisi Jyeyms Maklin APLning 16 turi doirasida "Liverpul" jamoasi bilan ötkazilgan öyindan keyin mersisaydliklar murabbiyi Yurgen Klopp haqida ayriça fikrlarini bildirib ötdi.

Uning fikriça, Angliyada Yurgen Kloppni biroz telbaroq hisoblay boşlaşdi.

Şu bilan birgalikda, futbolçining özi germaniyalik mutaxassisni ança vaqtdan beri hurmat qilib kelganini bildirgan.

Hujumçi "Liverpul" murabbiyining "Vest Bromviç" bilan öyin vaqtida özini juda hissiyotga berilgan holda tutganini eslagan. Öyin oxirida esa Klopp "Vest Bromviç" boş murabbiyi Toni Pyulis bilan qöl berişib xayrlaşişni unutgandi.

"Men bu insonni hurmat qilaman. U "Borussiya"da juda ajoyib faoliyat körsatdi. Lekin uning biroz telbaroq ekanini ham istisno qilib bölmaydi. U özini bu darajada tutmasligi kerak edi. Yutqazsang ham, oçkodan quruq qolsang ham, raqibga hurmat saqlaş kerak", deydi Maklin FP naşri orqali.