Jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar sudi diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik taşkilotlarni tuzgani, ularga rahbarlik qilgani va faoliyatida iştirok etgani sababli Elyor Baratovni olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
12news.uz`ning şahar sudidagi axborot manbasiga asoslanib xabar qilişiça, Baratov 2007 yilda Rossiyaning Grozniy va Xavasyurt şaharlarida tandir noni yopiladigan nonvoyxonada işlaş jarayonida Davron ismli Qirğiziston fuqarosining ta'siriga tuşadi.
“Baratov boşqa muhojirlar bilan birga ekstremistik ruhdagi diniy adabiyotlarni örganişga tuşadi. U, şuningdek, Javlonbek Artikov rahbarligi ostidagi ekstremistik taşkilotga sadoqat izhor qiladi. 2012-2014 yillarda u surxondaryolik Lutfullo Zoirov, Şahobiddin Bötayev va Abdusalim Xaydarovga murabbiylik qiladi.
2014 yilning 1 fevralida Baratov yangi pasport oliş maqsadida “Boku-Toşkent” reysi bilan Vataniga qaytib keladi. Farğona viloyatining Avval qişloğida yaşab turib, öz tarafdorlari bilan aloqani uzmaydi. Andijonda Javlonbek Artikov bilan uçraşib, öz telefoniga Özbekistonda Konstitutsion tuzumni özgartirişga çaqiruvçi ekstremistik materiallarni ötkazib oladi.
2014 yilning iyulida Toşkentdan Bokuga parvoz qiliş oldida undan deklaratsiya qilinmagan advance micro 2gb telefon fleş-kartasi, “nokia e 72” rusumli telefon, “Ritmix RMD-1035″ markali planşet va “SanDisk” adapteri olib qöyiladi. Olib qöyiş jarayonida Baratov adapterni tişlab, işdan çiqaradi. Diniy işlar böyiça qömita ekspertlari xulosasiga köra, fleş-karta xotirasida Özbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik materiallar mavjudligi aniqlandi”, - deya oydinlik kiritdi agentlik suhbatdoşi.






