Xorazm viloyati Qöşköpir tumanidagi "Qöşköpirtexnoimpeks" mas'uliyati çeklangan jamiyati hozirgaça zamonaviy akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan 200 dona elektrovelosipedlarni savdo şoxobçalariga yetkazib berdi.
Elektrovelosiped işlab çiqarişga ixtisoslaşgan mazkur korxona 2015 yilda 150 ming dollar miqdoridagi investitsiya kiritilişi hisobidan öz faoliyatini boşlagan edi.
Korxona rahbarining sözlariga köra, 2016 yilda uç mingta elektrovelosiped işlab çiqariş va asosan içki bozorda sotiş rejalaştirilgan.
Kelgusida korxona faoliyatini yanada kengaytirişni va iş örinlarini köpaytiriş möljallangan.






