Siyosiy arbob, Singapurning birinçi boş vaziri. 2015 yilning 23 mart kuni vafot etgan.
Mayda davlatda böladigan uruş faqatgina şu mamlakatni yöq qiladi, katta davlatlar örtasidagi nifoq esa butun Yer yuzini yöq qiladi va faqat bir marta emas.
Menga köp bora tuxum otişgan.
Men qoqiliş va yiqilişlarga qaramay yaşab qoldim. 35 yoşga tölgaçgina bu mamlakatni qanday qilib işlaşga örgatiş mumkinligi haqida öylab qoldim.
Men muvaffaqiyatga erişuvçi yurist bölmoqçi edim. Britaniyaliklar boşqarayotgan mamlakatda yaxşi yurist böliş uçun esa xuddi ularga öxşaşim zarur edi. Men şunday qildim. Ingliz tilini örgandim, universitet va eng yaxşi yuristlar makabida öqidim.
Agar men singapurliklarni majburlab ingliz tilini öqitişni istaganimda turli qarşiliklarga duç kelardim. Agar men xitoy tilini ana şunday majburlab örganişni yölga qöysam, ana unda bari falokat bilan tugardi. Ammo men har bir ota-ona oldiga tanlov qöydim: farzandiga istasa ingliz tilini örgatsin, istasa ona tilini. Oradan öttiz yil ötdi va Singapurda ingliz tili birinçi bölib qoldi.
Barça singapurliklar ingliz tilini örganişi zarur, ammo ularning ona tili ikkinçi tillari bölib qolmoği şart.
Agar biz muvaffaqiyat qozonişni istasak, avvalo, öz-özimizga işonç bölişi kerak.
Oçiqçasiga gaplaşamiz: agar köz oldimizda Ğarb misol böla olmaganda edi, biz bir qadam ham oldinga siljimas edik. Biz orqada qolgan iqtisod va orqada qolgan jamiyatga ega bölardik xolos. Ammo biz Ğarbdan töliq nusxa köçirmadik.
Biz öziga xos bölgan ijtimoiy davlat metodlaridan qoçdik. Çunki buyuk britan xalqi ijtimoiy tenglik tufayli örtahol bölib qolganini kördik.
“Bir odam — bir ovoz” tizimining yagona imkoniyat ekanligiga işonmayman. Şaxsan men işonamanki, qirq yoşlar atrofidagi kişi ikkita ovozga ega bölsa, barçasi yanada yaxşi böladi. Çunki u öttiz yaşar yigitdan farqli ravişda nafaqat özi, balki farzandlari kelajagini ham öylab ovoz beradi.
Biz ziç joylaşgan osmonöpar binolarda yaşaymiz. Şu bois qöşnilarimizni hurmat qila bilmoğimiz zarur.
Bizning tabiiy boyliklarimiz yöq, ammo bizda Yer yuzining strategik muhim joyida yaşovçi odamlarimiz bor.
Jazoning muqarrarligi — korrupsiyani töxtatişning birinçi omilidir. Ikkinçi omil — bozor darajasiga javob beruvçi maoş. Biz yuqori maoş oluvçilardan ön foiz daromad oliş haqida öylaymiz. Agar amaldorlar yuqori maoş oluvçilar sirasiga kirmasa, unda ulardan hukumatga nima foyda?
Biz 60-yillarda Playboy’ni taqiqladik, u hozir ham taqiqda. Ammo internet turganida, kim ham Playboy sotib olardi.
Singapurliklarning Singapurni Daniya yoki Yangi Zelandiyaga öxşaş davlat, deb öylaşlari meni bezovta qiladi. Axir biz notinç hududda joylaşganmiz-ku. Daniya va Şvetsiya örtaça davlatlardir, Singapur esa yöq.
Birga işlaş uçun bir-birini yaxşi köriş şart emas.
Men yozilgan narsalarni heç qaçon öqimayman. Men doim eşitayotgan odamimning közlariga qarayman. Agar u nimanidir tuşunmay qolsa, uni boşqaça usulda tuşuntiraman. Dunyodagi köplab buyuk notiqlar şunday qilişgan. Men notiq emasman, ammo men örganaman.
Yana yuz yildan keyin Singapurning mavjud bölişiga işonçim komil emas. Xammasi mendan keyin keladiganlarga taalluqli.
Ruslar har yili tuğilişga qaraganda, köproq ölişadi. Çunki insonlarda kelajakka nisbatan işonç yöq. Mana, amerikaliklar, hayotga optimistik ruhiyatda qaraşadi. Agar hayoting oğirlaşsa va qisqa vaqt içida neft narxi kötarilsa, u yanada yaxşilanadi. Kelajakka qaraş yaxşi tomonga özgaradi.
Kimki ruslar buyuk millat sifatida tugagan millat deb öylayotgan bölsa, unda ularning olimlari, kosmik va atom sohasida qilgan işlari, grossmeysterlari, olimpiya çempionlarini yodga olsin. Ruslar tarix axlatiga taşlab yuboriladigan odamlar emas.
Men demokratiya borasida amerikaliklar bilan judayam köp tortişganman. Ular aytişadi: agar Singapur hukumati özgarmasa, demokratiyani amalga oşirib böladimi? Men javob beraman: “Men şunçaki barça saylovlarda ğalaba qozonaman”. Ular aytişadi: “Sizlarda demokratiya bölişi uçun, albatta, özgarişingiz kerak. Men aytaman: “Mayli, şunaqasi sizlarning Amerikalaringda böla qolsin. Va bizlarni öz holimizga qöying”.
Freedom House va Amnesty International röyxati böyiça biz quyi örindamiz. Bizda ölim jazosi bor emiş. Agar bizda ana şunday oliy jazo bölmasa, unda savdo markaziga aylangan mamlakatimiz, narkotiklar savdosi aylanadigan markazga aylanib qolmaydimi? Buning ustiga jamiyatmiz hayoti ham rasvo bölardi.
Xitoy rejimi boşqa bir muqobil hukumatlar rejimiga qaraganda mustahkamroq. Tasavvur qilib köramiz, Tyananmen maydonidagi talabalar öz muqobil hukumatlarini şakllantirişdi. Keyin xuddi öşa talabalar Fransiya va Amerikaga ketib, hozirgaça bir-birlari bilan tortişib yurişibdi. Agar zamonaviy Xitoy ularning qöl ostida bölsa, nima bölardi? Sobiq ittifoqning taqdiri qaytalanardi. Xitoy markaziy hokimiyat zarur bölgan ulkan mamlakatdir.
Men öz boşimdan inqirozlarni juda köp ötkazganman. Har safar meni oyoqqa turğizadigan nimadir bölgan.
Agar yoşing 87 da bölsa, özingni juda ham baxtli his qilavermaysan. Doimiy ravişda quvvatimni sarf etayotganimni his qilib turaman. Har yili ötgan yilgiga qaraganda qarib qolganimni bilib turaman.
Men restoranlarga boşqa bora olmayman. Çunki odamlar men bilan körişiş maqsadida, qöllarimni şunçalik köp siqişadiki, ularni taomga olib borişga menda imkoniyat qolmaydi. Agar restoranlarga boradigan bölsam, şunda ham jim-jit burçagi borlariga boraman. Ana öşa yerda döstlarim bilan maza qilib taom tanovul qilaman.
Men har kuni mulohaza yuritaman. Mulohaza yuritişdagi eng qiyin narsa xuddi maymun bananlar ortidan çopgandek, fikrlar ortidan quvişdir.
Rafiqam hayotdan bir neça marta zarba olgan va mana ikki yildirki töşakka mixlanib yotibdi. U gapirmaydi, biroq öz huşida. U men gapirganimda tuşunadi, men har keç şu işni qilaman. U meni uxlamasdan kutib ötiradi. Unga kunim qanday ötganini gapirib beraman. “Şe'riyat antologiyasi” qaçonlardir özi sevib mutolaa qilgan Şekspir sonatalarini öqib beraman. Ikki yilu tört oydan beri şu ahvol — bu hayotimning bir qismiga aylanib qolgan.
Özimga xotirjamlikni qöldan boy berişga yöl qöymayman. Hayot davom etadi. Bizda 61 baxtli yil bölgan. Ammo ertami keç bularning bari öz nihoyasiga yetadi. Men kim birinçi omonatini topşirişini oldindan bilmayman: u-mi menmi? Men unga uzoq va baxtli yaşaşi uçun qölimdan keladigan barça işlarni qilişga va'da berdim. U meni tuşundi.
Xitoyda ajoyib maqol bor: “Qabrining qobqoğini mixlamaguningizça, biror-bir kişini muhokama qilmang”. Şu bois men ham to vafotimga qadar bir qança aqlsizliklar qilişim mumkin.
Hayotimda bir neça bor dahşatli işlar qilişimga töğri kelgan. Masalan, odamlarni isbotsiz qamoqqa taşlaş kabi.
Men qilgan barça işlarim töğri, deb hisoblamayman. Ammo ularning bari yuqori maqsadlar sari qilinganini bemalol ayta olaman.
Tezligimni pasaytirib, hordiq çiqaradigan bölsam, darrov öz holatimni yöqotişimni tuşunaman. Mening butun bir hayotim çaqiriqlarga bölgan javobimdan taşkil topgan. Agar men unga javob bermay, golf öynasam, sayr qilsam, ufq botişini tomoşa qilsam, roman öqisam, darrov keksayib qolaman.
Rafiqam bilan osmondami yoki şunga öxşaş joylarda uçraşişimiz dargumon. Şu bois sentimental hissiyotlar-la, umrimiz birga yakuniga yetişini istaymiz.
Sen barçasi ötib ketgandagina örganasan va dono bölasan. Bu hayot.
Agar sen birinçi örin uçun kuraşmasang, unda öntalikka ham kira olmaysan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi