Hindiston boş vaziri Narendra Modi Rossiyaga taşrifi çoğida qurol sotib oliş böyiça muhim kelişuv imzolaşni rejalaştirmoqda, deb yozadi «Kommersant'».

Bu Modining Rossiyaga qilgan birinçi rasmiy taşrifi böladi. Gazetaning öz manbalariga tayanib xabar berişiça, Modi Andxra-Pradeş ştatida Rossiya iştirokida yangi atom stansiyasi qurişga rozilik beradi. Bu haqda Modi Vladimir Putin bilan suhbati çoğida ma'lum qilişi mumkin.

Harbiy qurollar sotib oliş böyiça Rossiya va Hindiston örtasida tuziladigan şartnomaning taxminiy qiymati 7 mlrd dollarni taşkil qilişi kutilmoqda. Hindiston S-400 markasidan beşta divizion xarid qilişi mumkin, biroq rasmiy Nyu-Delini Rossiya beşta divizion uçun sörayotgan 2,5 mlrd dollarlik narx qoniqtirmayapti.

«Şuningdek Hindiston tomoni dizel-elektr tizimida işlovçi ikkita 636 loyihadagi «Varşavyanka» suv osti kemasi, uçta fregat, 48 dona Mi-17V5 harbiy vertolyotlarini sotib oliş böyiça muzokaralar ham bölib ötadi», — deya aniqlik kiritadi gazeta.

Bundan taşqari, muzokaralar davomida Hindistonda qöşma korxona asosida köp maqsadli Ka-226T vertolyotini işlab çiqariş masalasi ham körib çiqiladi.

Qayd etib ötiş joiz, Hindiston Rossiyaning qurol import qiliş böyiça eng asosiy hamkori sanaladi. 2014 yilda Nyu-Deli Rossiya jami qurol eksportining 28 foizini sotib olgandi.