KXDR yetakçisi Kim Çen Inga bağişlangan “Uning ezguligi” va “Izingizdan abadiy boramiz” qöşiqlari mamlakatda keng ommalaşdi. Bu haqda Şimoliy Koreya Markaziy Telegraf agentligi xabar berdi.
Agentlik ötayotgan yilning mahalliy şoirlar va bastakaorlar tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik ruhidagi eng yaxşi qöşiqlari röyxatini e'lon qildi. Qayd etilişiça, ular orasida Koreya Mehnat partiyasi taşkil topganining 70 yilligiga bağişlangan “Biz Pektusan toğiga yöl oldik”, “Hayotimizni tiksak-da inqilobiy işonçdan voz keçmaymiz” qöşiqlari ham joy olgan.
Mazkur röyxatdan partiya yubileyi munosabati bilan Pxenyandagi Tedongan daryosi qirğoğida 10 ming artist iştirokida ijro etilgan qöşiq ham joy olgan.
Agentlik ikkita ayollar ansambli – "Moranbon" va "Çxonbon"ning konsert faoliyatiga katta baho berdi.






