Chevrolet kompaniyasi AQŞ davlat patent byurosida Corvette E-Ray nomini röyxatdan ötkazdi. U Corvette sportkarining gibrid modeli uçun işlatilişi mumkin.

Kupening gibrid versiyasi çiqişi haqida aniq ma'lumot yöq. OAV maşinaning navbatdagi modifikatsiyalari qurilgan generatorga ega elektromotor bilan ta'minlanişi mumkinligini taxmin qilib çiqişgan edi. Yangi nom uçun patent olinişi bu taxminlarning amalga oşiş ehtimolini kötaradi.