Ford va Google kompaniyalari avtonom rejimda işlaydigan maşinalar yaratiş böyiça qöşma korxona taşkil etadi. Hamkorlik haqida yanvar oyining boşida Las-Vegasda ötadigan CES iste'mol elektronikasi körgazmasi çoğida e'lon qilinadi. Bu haqda Yahoo Autos portali xabar bermoqda.

Hamkorlik doirasida Ford Google korporatsiyasining texnologiyalaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Avtomobilsoz kompaniya yaqindagina öz maşinasining umumfoydalaniş yöllaridagi testlari boşlanişini xabar qilgan edi, Google esa öz işlanmalarini 7 yildan buyon olib bormoqda.

Ayni paytda Kaliforniya va Texasda 53ta Google-mobil sinovdan ötkazilmoqda, ular umumiy hisobda 2 mln km yöl bosib ötişdi.