Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston yönalişi böyiça yangi temir yöl qurilişi 2016 yilda boşlanadi. Bu haqda Qirğiziston Boş vaziri Temir Sariyev «Birinçi radio» radiokanaliga bergan intervyusi çoğida ma'lum qilgan, deb yozmoqda mamlakat Hukumati rasmiy sayti.

«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöl yönalişi qurilişi bizga dengizga çiqiş imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda mazkur loyiha Xitoy tomonidan körib çiqilmoqda. XXR mazkur loyihani qisqa muddatda foydalanişga topşirilişi uçun barça mavjud imkoniyatlarni işga solişini bildirgan»,- deydi Temir Sariyev.

Uning sözlariga köra, Xitoydagi tezyurar poyezdlar mamlakatdagi deyarli barça hududlarni özaro boğlab turadi.

«Temir yöl qurilişi bizga iqtisodiyotimizning ösişi uçun turtki bölib xizmat qiladi. Bundan taşqari loyiha içida mazkur loyihaga aloqador infrastruktura obektlarini quriş rejalaştirilgan», – deya ta'kidladi hukumat rahbari.

Temir Sariyevning qayd etişiça, mazkur loyihalarning barçasi Buyuk Ipak yölining iqtisodiy yönalişi dasturi asosida amalga oşirilmoqda.

«Agar temir yöl qurilişi loyihasi öz vaqtida foydalanişga topşirilsa, tez orada Qirğiziston orqali tranzit yöli bilan yiliga 15-20 mln tonna yuk taşib ötiladi. Keyinçalik mazkur temir yöl yönalişini Eronga qadar uzaytiriş rejalaştirilgan», – deya qöşimça qilib ötgan Temir Sariyev.