Xitoyning QQ videoportalida yangi iPhone 7 smartfoni prototipi tasvirlangan video paydo böldi.
Yozuv göyoki qölida iPhone 7 uşlab olgan Foxconn zavodi xodimi tomonidan olingan. Qurilma bungaça çiqarilgan iPhone’lardan taşqi körinişi bilan farq qiladi. Yangi smartfonning himoyalovçi oynasi old panelning hammasini egallamaydi va unda Touch ID barmoqlar skaneriga ega Home tugmasi yöq. Old kamera gapiriş dinamiki ustida joylaşgan.
Smartfonning orqa qopqoği ham özgargan – asosiy kamera markazga köçgan va Apple logotipiga yaqinroq joylaşgan. Prototipda quloqçinlar uçun raz'yom yöq, quvvatlaş porti esa ança kengroq işlangan. Biroq bunday videolarda köpinça böladigandek, bu video soxta bölişi mumkin, çunki unda tasvirlangan qurilmada iPhone’ga xos ba'zi xususiyatlar, masalan, vspişka mavjud emas.






