Payşanba, 24 dekabr kuni 2003 SD220 asteroidi Yerdan 11 million kilometr masofadan uçib ötadi, töqnaşuv xavfi istisno etiladi, deya xabar berdi Aeronavtika va koinot kengliklarini örganiş böyiça Amerika milliy boşqarmasi (NASA).

“Asteroidning arafa (katoliklar 25 dekabrda nişonlaygan rojdestvo bayrami arafasi nazarda tutilmoqda. – Kun.uz)da uçib ötişidan xavotirlanişga asos yöq”, - dedi NASA xodimi Pol Kodas.

Yirik 2003 SD220 asteroidi çözinçoq şaklga ega bölib, keyingi safar Yer yaqinidan 2018 yilda uçib ötadi. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, öşanda Yerdan 2,8 million kilometr masofadan ötadi. NASAda qayd etilişiça, bugun uçib ötayotgan asteroidni sinçkovlik bilan örganiş orqali ikki yildan söng Yer yaqinidan ötişiga yaxşiroq tayyorgarlik köriş imkonini beradi.