Sud yirik miqdordagi byudjyet mablağlarini özlaştirganlikda ayblangan Olmaota metropolitetining sobiq direktori Murat Ukşebayev va uning şeriklariga nisbatan hukm çiqardi, deya xabar bermoqda Nur.kz şahar sudi matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda.
Sudlanganlar Olmaota şahar metropoliteni qurilişi uçun byudjyet mablağlari ajratilişi haqidagi ma'lumotga ega bölgan holda metropoliten qurilişi uçun sotib olinadigan kabel mahsulotlari narxini oşiriş yöli bilan byudjyet mablağlarini özlaştiriş böyiça jinoiy reja tuzişgan, deyiladi sud xabarida.
2010-2012 yillar davomida öz jinoiy xatti-harakatlari evaziga jinoyatçilar 2,5 milliard tengeni özlaştirib yuborişdi.
Sud hukmiga köra, Ukşebayev bir qator moliyaviy jinoiy işlarni amalga oşirganlikda aybdor deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Yana bir sudlanuvçi Ye.Kaldibayev esa sakkiz yil muddatga qamoq jazosiga hukm etildi. Şuningdek, sud ularning mol-mulkini musodara qildi.






