Yöl patrul xizmati inspektorlari tomonidan joriy yilning ötgan ön bir oyida 3 million 150 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Ularning 1 million 270 mingdan köproği qöpol qoidabuzarliklar hisoblanadi. Jumladan, alkogol mahsulotlarini iste'mol qilgan holda transport vositasini boşqariş böyiça 43 ming, belgilangan tezlik talablarini buziş – 435 ming, svetofor va çorrahadan ötiş qoidalarini buziş — 37 mingdan ortiq, odam taşiş qoidalarini buziş böyiça 455 mingdan ziyod holat aniqlandi.

Özbekiston Içki işlar vazirligi YHXBB inspektori kapitan Azizxon Murodov bergan ma'lumotga qaraganda, 2015 yilning ötgan davri mobaynida yöl-transport hodisalarining 8588 tasi haydovçilarning aybi bilan, 203 tasi esa transport vositasini mast holda boşqargan haydovçilar aybi bilan sodir etilgan.

Bundan taşqari, piyodalar iştirokida 4897 yöl-transport hodisasi röyxatga olingan.
Sodir bölayotgan yöl-transport hodisalari oqibatida halok bölayotganlarning aksariyati taşxisi boş miya oçiq va yopiq jarohati, kökrak qafasi jarohatlari bölmoqda. Bunday jarohatlar keskin uriliş yoki tormoz beriş vaqtida haydovçi, oldingi örindiqda ötirgan yölovçining old oynaga boşi bilan urilişi, haydovçini rul çambaragi qisib qolişi oqibatida yuzaga keladi.