Kolumbiya hukumati mamlakat janubi-ğarbida harakatlanadigan Milliy ozodlik armiyasi taşkilotining (ELN) yuqori lavozimli 8 nafar rahbari qölga olingani haqida e'lon qildi.
Şuningdek, hukumat harbiylari bu taşkilotning katta miqdordagi qurollar va öq-dori saqlanayotgan omborini aniqlagan.
Kolumbiya hukumatidagilarning qayd etişiça, ötkazilgan maxsus amaliyot orqali marksizm ğoyalari ta'siridagi bu jinoiy taşkilotning 1500 nafarga yaqin vakili harbiy harakatlarni amalga oşira olmasligi ta'minlangan.
ELN Kolumbiyadagi ikkinçi yirik qurollangan isyonçi guruh hisoblanib, hukumat bilan tinçlik sulhi tuzilişi böyiça muzokaralarga qöşilmagan.
Mamlakatdagi eng yirik isyonçi taşkilot Kolumbiya inqilobiy qurolli kuçlari (KIQK) esa yozda hukumat bilan murosaga kelgandi. Şundan söng Kolumbiya prezidenti mamlakatdagi isyonçi taşkilot bazalarini bombalaşni töxtatişni buyurgandi.
Oktyabr oyida Kolumbiyada partizanlik hujumi oqibatida 11 nafar harbiy va politsiyaçi halok bölgan, şundan keyin prezident Xuan Manuel Santos ELN isyonçilariga qarşi harakatlarni faollaştirişni buyurgandi.
Kolumbiyada 1964 yilda hukumat va isyonçilar örtasida ziddiyatlar yuzaga kelgandi. Ötgan 50 yil davomida bunday töqnaşuvlar oqibatida 220 mingdan ortiq kişi halok bölgan va 6 milliondan ortiq kişi öz uylarini tark etişga majbur bölgan.






