Rossiya poytaxti Moskva şahrida “Baumanskaya” stansiyasini rekonstruksiya qiliş işlarida ğozğon marmaridan vestibyul old qismi, devor va polining qoplamalari, bezak elementlari, çiroqlarda foydalanildi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar berdi.

Mazkur metro stansiyasining perron zali va yer usti vestibyuli arxitektura yodgorligi hisoblanib, bu joydan kuniga 100 ming yölovçi ötadi.

Ğozğon marmari nafaqat Özbekiston, balki xorijda ham maşhur bölib, undan Alişer Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatri, Toşkent metropolitenining bir qator stansiyalarida qöllanilgan. Şuningdek, Moskvaning “Kuznetskiy most” metro stansiyasi vestibyuli, “Komsomolskaya” stansiyasining balkon galereyasi, Sankt-Peterburgdagi “Prospekt veteranov” stansiyasi devorlari hamda “Admiralteyskaya” stansiyasi arkasida ham uşbu marmar işlatilgan.

Uşbu turdagi marmar Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Ğozkon konidan qazib olinadi. Mazkur kon 1934 yilda oçilgan bölib, ötgan asrning 70-yillaridan buyon foydalanib kelinmoqda. Bu yerdan sariq, oq, puşti, kulrang-sariq, töq sariq, qizil va boşqa ranglardagi noyob marmar qazib olinadi. Ranglarning xilma-xilligi 45tani taşkil etib, konning umumiy zaxirasi 9 million kub, deya baholangan. Yillik qazib oliş hajmi esa 18 ming kub metrdan iborat.