Suyultirilgan gazni aholiga yetkazişni IIV nazorat qiladi
Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov iştirokida aholini energetika resurslari bilan taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Unda kömirni va suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş va ötkaziş, gaz ballonlarini öğirlaş holatlari böyiça raqamlar keltirildi. Kuz-qiş mavsumida xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini kömir, tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş masalalari muhokama qilindi. Gaz ballonlarini belgilangan grafik böyiça yetkaziş, isteʼmolçilardan asossiz tölov talab qilmaslik va mahsulotni belgilangan meyordan kam bermaslik zarurligi taʼkidlandi.
Masʼullarga energetika mahsulotlarini taşişda yuklar butligini nazorat qiliş, gaz töldiriş şoxobçalari, omborlar va taqsimlaş bazalari qöriqlanişini kuçaytiriş topşirildi.
Buyurtma asosida odam öğirlaşda gumon qilinayotgan şaxslar qölga olindi
Toşkent şahrida odam öğirlaşda gumon qilinayotgan ikki şaxs qölga olindi. IIV Tezkor-qidiruv departamentiga vatandoş ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum şaxslar tomonidan maşinada olib qoçilganini hamda qatʼiy qarşilik körsatgani natijasida qutulib qolganini bayon etgan.
Holat yuzasidan IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan tadbir ötkazilib, ikki nafar gumondor qölga olingan. Ular 2003 va 1998-yillarda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam öğrilik jinoyati bilan sudlangan şaxslar bölgan. Gumonlanuvçilarga tegişli maşina yukxonasidan ötkir tiğli bolta topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam öğirlaş) 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumondorlar aybi isbotlansa, 10 yilgaça qamalişi mumkin.
Bloger Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi
Bloger Nilufar Hamidova maʼmuriy jazoga tortildi. Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudida 48 yoşli ayolga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik işi körib çiqildi. Sudning qarori bilan u Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) böyiça aybli deb topilgan.
Avvalroq blogerning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videolavhasi eʼtirozlarga muhokamalarga sabab bölgandi. U videolavha orqali nimani reklama qilgani yoki nima demoqçi bölgani maʼlum emas.
Holat yuzasidan içki işlar organlari suriştiruv ötkazib, blogerning xatti-harakatlariga huquqiy baho bergan. Uning özi qilmişi uçun keçirim söragan.
Toşkentda köp qavatli uyda gaz portlaşi oqibatida bir kişi jarohatlandi
Toşkent şahri, Uçtepa tumanidagi köp qavatli uylardan birida gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi sodir böldi. Hodisa oqibatida bir kişi jarohat olib, şifoxonaga yotqizildi.
Voqea sodir bölganidan söng hudud örab olinib, tegişli xizmatlar hodisa joyida iş olib bordi. Poytaxt FVB voqea sabablari örganilayotganini maʼlum qildi. Kun.uz muxbiri tafsilotlarni örganiş maqsadida hududga borganida, yaqinroqdan tasvirga olişiga ruxsat berilmadi.
Hududdagi masʼullardan biri jurnalistlarga matbuot xizmati vakillari kelişini kutiş kerakligini va barça izohni ular berişini aytdi. Uçtepa tumani hokimining matbuot kotibi esa hodisa joyida tasvirga olişga ruxsat berilmaganini aytdi.
Jarohatlangan şaxs 60 yoşda bölib, tanasining 35 foizi kuygani aytilmoqda.
Ayrim hududlarda piyoz narxi oşdi
Qişloq xöjaligi vazirligi sönggi kunlarda piyoz narxi oşgani sabablarini tuşuntirdi. Vazirlikka köra, 2026-yilda mamlakatda 1,5 mln tonna piyoz yetiştiriş rejalaştirilgan. Bu içki isteʼmol talabidan 35 foizga köp.
Biroq Surxondaryoda piyozning asosiy hosili aprel–may oylarida yetiştiriladi. Ayni paytda viloyat bozorlari Jizzax va Samarqanddan keltirilayotgan mahsulot hisobiga taʼminlanmoqda. Transport xarajatlari 1 kg uçun 350–370 sömni taşkil etmoqda.
Hozir Surxondaryo bozorlarida piyozning çakana narxi 4000 – 4500 söm atrofida. Vazirlik tahliliga köra, ayrim hollarda savdo marjasi tannarxga nisbatan 52,5 foizgaça yetmoqda.
Narx oşişiga mavsumiylik, logistika xarajatlari, yoqilği qimmatligi va vositaçilarning savdo ustamasi taʼsir qilmoqda. Şuningdek, aholining piyozni zaxiraga ğamlab olişga intilişi talabni oşirmoqda.
Surxondaryoda yuzlab odamlarni çuv tuşirgan firibgarlar jazolandi
Termizda faoliyat yuritgan «Surkhan autocenter» MÇJ mansabdorlari 700 nafardan
ortiq fuqaroning 35 mlrd sömdan ziyod mablağini firibgarlik yöli bilan özlaştirganlikda ayblanib, jazolandi.
Tergov maʼlumotlariga köra, korxona rahbari Akmal Törayev 2024-yilda avtomobil işlab çiqaruvçilar bilan şartnomasi bölmasa-da, fuqarolarga yangi maşina olib berişni vaʼda qilib, ulardan pul yiğgan. Mablağlar esa şaxsiy manfaatlarga sarflangan. Aldangan mijozlar şikoyat qila boşlagaç, ayrimlariga boşqa şaxslardan qimmat narxda sotib olingan maşinalar topşirilib, jarayon videoga olingan va göyoki barça buyurtmalar bajarilayotgandek körsatilgan.
Jinoyatda Törayevning qarindoşlari ham iştirok etgani aytilgan. Sud beş nafar sudlanuvçiga 5 yildan 9,5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Apellyatsiya sudi ulardan biriga tayinlangan jazoni 2,5 yillik axloq tuzatiş işlariga özgartirgan va uni qamoqdan ozod qilgan.










