Farğona sudi kelinoyisini çopib öldirgan qizning işini körib çiqdi. Tergovçilar tomonidan aniqlaştirilgan voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.
Aytilişiça, Xolxöja Soibov ismli erkakning öğillari Xolmatjon va Rahmatjon Rossiyaga işlagani ketişgan. Xolmatjonning rafiqasi Salima Umarova qaynota va qaynonasi bilan uyda qolgan. Ammo bir neça oylardan söng qayin singlisi Nasiba bilan kelişmay qolgan. Ular deyarli har kuni janjallaşa boşlagan.
Bir kuni Nasiba 4 yoşli jiyanini urgani tufayli navbatdagi janjal kelib çiqqan. Şu voqeadan söng kelinoyisidan öç olişga qaror qilgan Nasiba ota-onasi boşqa iş bilan band bölişini poylab turib, qöliga bolta olgan hamda Salima öğli bilan uxlab yotgan xonaga kirib kelgan.
Qiz kelinoyisining dastlab kökragiga, söng böyniga va yuziga zarba bergan. Çöçib uyğonib ketgan 4 yoşli bolakay taşqariga qoçib ketgan. Nasiba bolta bilan uning ketidan quvib, yeta olmagan.
Şovqinni eşitib köçaga çiqqan Xolxöja Soibov bölib ötgan işlarni körib dahşatga tuşgan. Nasiba boltani taşlab, qöşni uyga qoçib ketgan; qöşni ayol uning yuziga suv sepib tinçlantirgan. Nasiba öşa keç hovli yonidagi makkazorda tong ottirgan. Kelasi kuni sahar soat beşlarda uni uşlab, tuman IIBga olib ketişgan.
Sud qarindoşining umriga zomin bölgan Nasiba Soibovani uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qildi.






