Rossiya terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Fabio Kapello, Madridning «Real» klubi sobiq futbolçisi Ronaldo öz vaqtida jamoa içki muhitiga salbiy ta'sir körsatganini ta'kidlab ötdi.
«Men «Real»ga kelganimda, uning vazni 96 kilgrammni taşkil qilardi. Men unga 88 – 90 kilogrammgaça tuşişi kerakligini aytganman. Men heç nima qila olmasdim. U ajoyib futbolçi, ammo yomon yetakçi edi.
Yanvarda u jamoani tark etdi va jamoadagi muhit butunlay özgardi. Biz «Barselona» bilan oradagi 9 oçkolik farqni yöqotdik. Aslida özi bizni röyxatdan çiqarib qöyişgandi», - deya Kapellodan iqtibos keltiradi Rai Sport.
Italiyalik mutaxassis madridliklarni 2006/07 yilgi mavsum davomida boşqarib borgan va mamlakat çempionligini qölga kiritgan. Uning murabbiylik davrida Ronaldo «Real»dan «Milan»ga köçib ötgandi.






