BMT boş kotibining maxsus vakili, xalqaro taşkilotning Afğonistondagi missiyasi rahbari Nikolas Xeysom RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida IŞID terrorçi guruhi hozirça Afğonistonga jiddiy tahdid solmayotganini, ammo vaqt ötişi bilan bu xatar kuçayişi mumkinligini aytib ötdi.
“2015 yilda siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik nuqtai nazaridan Afğoniston jiddiy sinovdan ötdi, - dedi u. – Narkotik oqimiga qarşi kuraş kampaniyasida yaxşilaniş böldi, lekin hozirça bu özgarişlar mustahkamlanadimi, yöqmi, noaniq. Albatta, bu Örta Osiyo respublikalari va Rossiya uçun xavotirli masala bölib qolaveradi”.
“Markaziy Osiyo respublikalariga taşrifim yakunlariga köra şuni ayta olamanki, ular Afğonistondagi xavfsizlik vaziyatidan taşvişda, ayniqsa Markaziy Osiyo respublikalaridan çiqayotgan jangarilar sonining oşib borayotgani xavotirli, - sözida davom etdi mutaxassis. – Suriya va Iroq masalasida Markaziy Osiyo mamlakatlari u yerdagi xorijlik jangarilar uylariga qaytişidan taşvişlanmoqda. Ular qaytayotgan jangarilarni qanday kuzatib topib olişlarini öylamoqda”.
“Ayni paytda IŞID Afğoniston duç kelayotgan xavfsizlikka yirik tahdid emas, - ta'kidladi Xeysom. – Ularning bu yerdagi kuçlari juda çeklangan. Ayrim hisobotlarda bu harakat Afğonistonda keng tarqalgani yoziladi, bu, mening nazarimda, ortiqça mubolağalidir. Ularning salohiyati şundaki, IŞIDga boşqa guruhlarning isyonçilari qöşilişi mumkin. Biz IŞID salafiya oqimi tarqalgan hududlarda öz ta'sirini osonlikça kengaytirganiga guvoh bölganmiz. Bu holat mamlakat şarqida va ğarbida kuzatiladi”.
“Al-Qoida”ning Afğonistondagi kuçlari haqida gapirarkan, BMT vakili hisobotlarda keltiriladigan 7 ming soni haqiqatdan uzoq ekanligini aytib ötdi: “Afğonistondagi raqamlarni Suriya va Iroq bilan qiyoslab bölmaydi. Buni hamma har xil baholaydi: qömita ma'lumotlariga qaraganda, mintaqada ularning soni 7 ming kişiga teng, lekin deyarli barça tahlilçilar bu raqamlarni şubha ostiga olmoqda. Aniq son ma'lum emas”.






