Filippinda joylaşgan çerkovlardan birining rohibi messa marosimini xoverbord ustida turib ötkazdi. Voqea aks etgan videolavha internetda joylaşdi.

Çerkovda diniy qöşiqlar aytilayotgan paytda rohib xoverbord ustida turib sekinlik bilan ibodatga taşrif buyurganlar qatorlari orasidan ötib borgan. Çerkov ahli bu ğoyani iliq kutib olgan, şu bois ibodat davomida bir neça bor olqişlar yangragan.

Ammo bu harakatlar San-Pablo yeparxiyasining noroziliklariga sabab bölgan. Yeparxiya rasmiylarining fikriça, rohib şu yöl bilan öziga diqqat qaratişga intilgan. Ayni paytda u vaqtinçalik çerkovdan çetlaştirilgan.