Şveytsariyalik muhandislar nafaqat yerda, balki vertikal yuzada, masalan, devorda harakatlana oladigan tört ğildirakli robotni yaratişdi. Bu haqda New Scientist naşri xabar bermoqda.
Tsyurixdagi Disney Research laboratoriyasi xodimi Pol Birdsli odatda devorlar oldida töxtab qoladigan ğildirakli robotlarni takomillaştiriş ustida olib borilgan işlarga ta'rif berdi.
Tajribaviy model 60 sm uzunlikka ega. U 2 parrakka ega bölib, bu devorga çiqiş uçun yetarliça kuç hosil qiladi. Orqa motor maşinani devorga itaradi, old motor esa tepaga tortadi.
Uglerod tolasidan yasalgan taşuvçi plata hamda 3D-printerda çop etilgan detallar tufayli robot vazni 2 kg dan oşmaydi. Bundan oğir yerdan devorga çiqa olmaydi. Şu bilan birga, litiy-ionli batareyalar bor-yöği 10 daqiqaga yetadi.






