Ritm-end-blyuz musiqa yönalişida ijod qilgan AQŞlik maşhur xonanda Natali Koul 65 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda qöşiqçining oilasi bergan bayonotda aytilmoqda. Natali Koul maşhur jaz pianinoçisi Net King Koulning qizi bölgan.

Qöşiqçi yaqinlarining aytişiça, u 31 dekabrda Los-Andjyelesdagi Sidar-Sinay şifoxonasida soğliğidagi surunkali muammolar sababli yuzaga kelgan asoratlar oqibatida vafot etgan. Qöşiqçi oxirgi yillar giyohvandlik bilan kuraşgan, gepatitdan aziyat çekkan. TMZ portaliniing ma'lum qilişiça, qöşiqçining ölimiga yurak yetişmovçiligi sabab bölgan.

Natali Koul 70-yillar örtalarida katta muvaffaqiyatlarga erişgan. U öz ijodida musiqaning ritm-end-blyuz, jaz va pop-musiqa yönalişlarini muvaffaqiyatli uyğunlaştira olgan. 20 dan köproq albom çiqargan.
Xonanda 19 marta nufuzli “Gremmi” musiqa mukofotiga nomzodi qöyilgan va 9 marta uni qölga kiritgan. Koul, şuningdek kino va teleseriallarda ham suratga tuşgan. Koul uç marta turmuşga çiqqan, uning birinçi turmuşidan bitta öğli bor.