3 yanvar kuni avstraliyalik va amerikalik aktyor, “Oskar” mukofoti egasi Mel Gibsonning tuğilgan kuni. U 60 yoşga töldi. U Avstraliyada 70 yillar oxirida suratga tuşa boşladi. “Telba Maks” filmidagi roli orqali tanildi.
Gibson uşbu filmning navbatdagi qismlarida ham suratga tuşdi. Undan söng esa “Qirğinbarot qurollar” filmida politsiyaçi Martin Riggs obrazida ekranlarda paydo böldi. bu roli orqali tomoşabinlarning hurmatiga sazovar böldi (şuningdek, beş marta People Choice's mukofotini ham qölga kiritdi). Gibsonning faoliyatida “Şeryurak” filmi yorqin iz qoldirgan. Uşbu kartina ön yönaliş böyiça “Oskar” mukofotiga qöyilgan va şulardan beştasida ğoliblikni qölga kiritgan. “Şeryurak” filmidan söng u “Ayollar nima istaydi” komediya filmida, “Vatanparvar” tarxiy kartinasida hamda “Biz askarlar edik” filmlarida suratga tuşdi.
Şundan söng Gibson rejyessyorlik işi bilan şuğullandi. Injil kitobiga asoslanib, Iso payğambarga bağişlangan “Havoriylarning tuyğusi” hamda maya hindulari hayotiga bağişlab “Qiyomat” filmlarini suratga oldi. Sönggi yillarda Gibson hayotida mojarolar köpaydi. U «Maçete öldiradi» va «Qölga tuşmaslar»ning uçinçi qismida unça katta bölmagan rol ijro etdi. 2016 yilda aktyor yana katta kinoga qaytdi va Okinavadagi jangga bağişlab «Vijdon tufayli» harbiy dramasida suratga tuşdi.

1. “Şeryurak” 1995 yil

2. “Telba Maks” 1979 yil

3. Mel Gibson va Jodi Foster “Meverik” filmida 1994 yil

4. Mel Gibson va Denni Glover “Qirğinbarot qurollar” filmida 1987 yil

5. Juliya Roberts va Mel Gibson “Fitna nazariyasi” premerasida. Los-Anjyeles 1997 yil.

6. Mel Gibson “Şeryurak” filmi orqali qölga kiritgan ikkita “oskar”i bilan (rejissura va eng yaxşi film yönalişlari böyiça). 1996 yil












