2016 yilning 1 yanvarida “Taqdir hazili yoki quşday yengil böling” filmining keng tomoşabinlar ommasiga taqdim etilganiga 40 yil töldi. Uşbu film MDH davlatlarida Yangi yil bayramining nişonalaridan biriga aylanib ulgurgan maşhur kartinadir.
Filmga asos vazifasini bajargan pesa 1969 yili Eldar Ryazanov va Emil Braginskiy tomonidan yozilgan. Moskvadagi birorta teatr uni namoyiş etmagan, lekin joylarda katta şuhratga erişgan.
Ryazanov va Braginskiy pesa asosida ssenariy tayyorlagan, ammo davlat kino qömitasi uni içkilikbozlik tarğibotiga yöyib, uzoq vaqt qabul qilmagan. Şunda mualliflar postanvokani televideniyega taklif qildi, rahbariyatga ğoya ma'qul tuşdi, natijada uning buyurtmasiga köra film “Mosfilm”da suratga olindi.
Filmning telepremerasi 1976 yilning 1 yanvarida bölib ötdi. U Markaziy televideniyening Birinçi dasturi orqali namoyiş etildi. Birinçi namoyiş auditoriyasi 100 mln tomoşabinni töplay oldi.
Eldar Ryazanovning ta'kidlaşiça, taqdimotdan söng unga köplab minnatdorçilik xatlari kelib tuşgan. Bir neça oydan söng film qaytadan namoyiş etilgan, kinoteatrlar uçun kartina qayta işlangan.
2007 yili Timur Bekmambetov filmning davomini suratga oldi. Uning qahramonlari birinçi film asosiy obrazlarining farzandlaridir. Eldar Ryazanov har ikki filmda ham bir xil rolni ijro etdi – şirakayf boş qahramon samolyotda uning yelkasiga boş qöyib uxlab qoladi.
Eslatib ötamiz, film muallifi Eldar Ryazanov ötgan yilning 30 noyabr kuni olamdan ötdi.
Kartina qahramoni Jyenya Lukaşin istiqomat qiladigan 3-Quruvçilar köçasi 60-yillardan Mariya Ulyanova nomi bilan atala boşlangan. Boş qahramon yaşab kelgan uy şaharni yangilaş dasturi doirasida buzib taşlangan.






