2015 yilda özbek şou-biznesida öziga xos “töy mavsumi” böldi. Köplab san'atkorlar öz juftini topdi yoxud farzandlarining boşini ikkita qildi. Şu munosabat bilan “Darakçi” gazetasi ötgan yil mobaynida töy tantanalari ötkazib, elga oş bergan san'atkorlar va sportçilarning diqqatga sazovor reytingini e'lon qildi. Quyida sizga mazkur röyxatni taqdim etamiz.

1. Otajonovlar sulolasining yoş vakili Ali Otajonov 10 fevralda yaqinlari davrasida visol oqşomini nişonladi – u Gavharxon bilan hayotini boğladi.

2. “Nihol” mukofoti sovrindori Dilsöz va xonanda Farrux Raimov 16 aprel kuni Navoiyda, 21 aprel kuni esa Toşkentda töy qilişdi.
3. “Mening yurtim” telekanalidagi Non-stop körsatuvi boşlovçisi Baxtiyor Safarov 16 aprel kuni Niginaxon bilan turmuş qurdi. Töy Buxoroda bölib ötdi.

4. Oxunjon Madaliyevning öğli Qiliçbek Madaliyev 24 mayda oila qurdi.
5. Özbekistonlik maşhur futbolçi, Özbekiston terma jamoasi yarim himoyaçi Sanjar Tursunov 8 iyunda Zuhraxon bilan taqdirini boğladi.
6. Ilgariroq qizi va katta öğlining boşini ikkita qilib qöygan xonanda Dilfuza Ismoloilova ötgan yili kenja öğli Sarvarning ham boşini ikkita qildi.
7. “Sarbon” guruhi yakkaxoni Farhod Saidov qizi Mohinurni turmuşga berdi.

8. Aktrisa Gulçehra Eşonqulova 30 mayda debyutant aktyor Şarof Şarapov bilan nikohini rasmiylaştirdi.

9. 16 avgust kuni Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rayhon Ğaniyeva singlisi Nasibani turmuşga berdi.

10. “Ummon” guruhi iştirokçisi Jasur Rafiqov 6 sentabrda Gulistonga kuyov böldi.
11. Xonanda Yunusbek ham böydoqlar safidan çiqişga ulgurdi.












