Rossiya Boş ştabi razvedka boş boşqarmasi boşliği general-polkovnik Igor Sergun kutilmaganda 59 yoşida olamdan köz yumdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning ölimi yuzasidan hamdardlik bildirgan.
"Hamkasblari va uning qöl ostidagilari uni haqiqiy mard va vatanparvar zobit sifatida bilişardi. U tajribali qömondon hamda hamişa jangovar harbiy edi. Uning professionalligi, halolligi va tartibliligi hurmatga loyiq edi", deyiladi prezident telegrammasida.
Putin marhumning Suvorovskiydagi gimnaziyada tahsil olişidan Rossiya Boş ştabi razvedka boş boşqarmasi boşliği lavozimigaça bölgan hayoti va faoliyatini eslab ötgan hamda u öz umrini vatan qurolli kuçlari uçun bağişlaganini e'tirof etgan.






