Oq Uy Suriya prezidenti Başar Asad öz lavozimini 2017 yil martidan ertaroq böşatmasligini e'tirof etdi. Bu haqda Suriya masalasi bilan şuğullanuvçi amaldorlar uçun tayyorlangan içki hujjatda aytildi. Mazkur hujjat bilan Associated Press muxbiri tanişib çiqişga muvaffaq böldi.
Amerikalik mansabdorlar uçun tuzib çiqilgan grafikda 2017 yilning mart oyi Asad prezidentlikdan ketadigan vaqt sifatida körsatilgan, deb ta'kidlaydi u. Şuningdek, taxminan öşa vaqtdan boşlab uning qurşovidagi odamlar mamlakatni tark eta boşlaydi.
Grafik BMT tomonidan tasdiqlangan rejaga asoslangan bölib, dastlab u 2015 yilning noyabrida Venada ötgan xalqaro konferensiyada öqib eşittirilgan edi. Loyihaga muvofiq, Suriyada yangi prezident va parlament saylovlari 2017 yilning avgustida bölib ötadi, bunga qadar mamlakatni ötiş davri hukumati boşqarib turadi.






