Qatar hukumati özining Erondagi elçisini Saudiya Arabistonining Tehron va Maşhaddagi diplomatik missiyalariga hujum qilingani sababli çaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni, undan keyin Bahrayn Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Şuningdek, Jibuti va Sudan hukumati ham Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e'lon qildi.
3 yanvarda Eronda namoyişçilar Saudiya Arabistonining Erondagi diplomatik vakolatxonalariga Saudiya Arabistonida şia imomi Nimr an-Nimrning terrorçilikda ayblanib qatl etilişi sababli norozilik bildirib, hujum qilişgandi.






