Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti xodimlari "Dizayn tarixi" nomli elektron darslik yaratişdi.

Mazkur darslik dizayn ta'lim yönalişlari, xususan, "Libos dizayni" ta'lim yönalişi bakalavrlari uçun "Dizayn tarixi" fanidan maşğulotlarni taşkil qiliş va ötiş uçun möljallangan.

Dastur fan böyiça talabalar bilimini test asosida baholaş, fan mavzulariga oid rasmli qöllanmalar bilan tanişiş, fanga oid taqdimotlar bilan tanişiş, dizaynga oid boşqa adabiyotlar bilan tanişiş, foydali dasturlar bilan tanişiş kabi funksional imkoniyatlarga ega. Uşbu elektron darslikda libos dizayni, arxitektura, web-dizayn, landşaft, temir yöl va avtomobilsozlikka oid ma'lumotlar jamlangan.

Undan dizaynning barça turlari böyiça ta'lim olayotgan talablar foydalanişi mumkin, deb xabar beradi Intellektual mulk agentligining axborot xizmati.

Mualliflar - D.D.Zuparova, N.N.Karimova va N.Ya.Nursaidovga uşbu darslik uçun № DGU 03393 raqamli guvohnoma berildi