Ukraina va Rossiya hukumatlari frontdagi Oleşki şahridan odamlarni evakuatsiya qilişni yakunladi. Xerson oblastining RF qurolli kuçlari tomonidan işğol etilgan uşbu aholi yaşaş manzilida sönggi oylarda gumanitar vaziyat oğirlaşgandi. Yuzlab kişilar elektr, oziq-ovqat va dori-darmon taʼminotidan uzilgan uşbu şahardan çiqib keta olmayotgandi. AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp vositaçiligida uruşayotgan tomonlar tinç aholi evakuatsiyasi uçun 27-oktabrdan 1-noyabrgaça bölgan muddatda Oleşki atrofida öt oçişni töxtatiş rejimini joriy etişga kelişişdi. Şu kunlarda şaharga ikki mamlakatdan gumanitar missiya taşrif buyurdi, Ukraina delegatsiyasiga ombudsman Dmitro Lubinets, Rossiyanikiga – RFdagi inson huquqlari böyiça vakil Yana Lantratova boşçilik qildi. Otaşkesim doirasida 31-oktabr kuni 750 kişi şahardan olib çiqildi. Ularning bir qismi ixtiyoriy ravişda Ukrainaning Kiev nazoratida qolayotgan qismiga yöl oldi, yana bir qismi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga olib kelindi. «Meduza» 2022-yil fevralidan buyon misli körilmagan evakuatsiya jarayoni qanday ötganini aks ettiruvçi suratlarni taqdim etdi.

Oleşki aholi evakuatsiyaga qanday tayyorlandi

Viktor Antonyuk / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Oleşkida yaşovçi keksa yoşli kişi öz velosipedi bilan şahardan ketişga tayyorlanmoqda, 30-oktabr
Viktor Antonyuk / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Özi bilan olib ketadigan yuklarini töplab, evakuatsiyaga tayyorlanayotgan oleşkiliklar, 30-oktabr
Viktor Antonyuk / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Oleşki köçalaridan qutqarilgan itlar ham evakuatsiyaga tayyorlangan, 30-oktabr
Viktor Antonyuk / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Oleşkidagi hududlardan biri minalaştirilgan bölişi mumkinligi haqidagi plakat, 30-oktabr

Oleşki aholisi vakillari şaharni qanday tark etdi