Söngi bir yarim mavsum davomida Toşkentning “Lokomotiv” jamoasi safida töp surgan Şavkat Mullajonov keça, 6 yanvar kuni, Şarjaning “Aş-Şa'b” klubi bilan şartnoma imzoladi. 30 yoşli markaziy himoyaçi BAA çempionatining ikkinçi qismida endi şarjaliklar tarkibida harakat qiladi. Bu haqda futbolçining agenti San'at Şaripovga asoslangan holda stadion.uz naşri xabar tarqatgan.

Italiyalik maşhur sobiq darvozabon Valter Dzenga boş murabbiyligidagi “Aş-Şa'b” Mullajonovning hisob böyiça törtinçi xorijiy klubidir. U bungaça Qatarning “Al-Ahli” (2010/2011ning 2-yarmi, 2011/2012), Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” (2012/2013ning 1-yarmi) hamda Xitoyning “Lyaonin Vuvin” (2013) jamoalarida öynagan.

"Öylab qarasam, oxirgi bor maydonga 25 sentabr kuni tuşgan ekanman. Bu voqeaga uç oydan ortiq vaqt bölibdi. Ikkinçi davrada, ma'lum sabablarga köra, men “Lokomotiv”da öyin amaliyotisiz qolib ketdim. Yangi mavsum boşlanişiga ham hali yana ikki oy bor. Orada uşbu katta böşliq paydo bölgani uçun ham men, garçi “Aş-Şa'b” ligada qoliş uçun kuraşayotgan autsayderlardan bölsa-da, arablar taklifiga rozilik bildirdim. Menga ayni damda öyin amaliyoti hamda musobaqalaşuv jarayoni judayam zarur edi. E'tibor bersangiz, meni, garçi “temiryölçilar” safida mavsum söngida aksariyat vaqtimni zaxira örindiğida ötkazgan bölsam-da, milliy terma jamoamizga muntazam ravişda çaqiraverişdi", deydi futbolçining özi.

Uning agenti San'at Şaripov ham ayni şaroitda Mullajonovga rasmiy uçraşuvlar ayni muddaoligini ta'kidladi.

"Şavkat Mullajonov katta tajribaga ega himoyaçi. U mudofaaning markazida ham, öng qanotda ham bemalol töp sura oladi. Özbekiston terma jamoasi röyxatidan hamişa örin oluvçi futbolçilardan. “Aş-Şa'b”ni oldinda kuçlilar safida jon saqlab qoliş uçun keçadigan ayovsiz kuraş kutib turibdi. Aynan şunday bahslarda Şavkat bu yerda katta sinovdan ötadi. Bu holat u uçun qöşimça imkoniyat: agar şu yarim yil mobaynida u özini yaxşi tarafdan körsata olsa, kelgusi mavsumni himoyaçimiz balandroq darajadagi boşqa klubda boşlaşi mumkin. Bu esa Mullajonov öz-özidan Özbekiston milliy terma jamoasi safidagi muqim örnini yaqin orada yana özida uşlab qolişi ehtimoli kattalaşadi degani. Niyat qilamizki, nima bölganda ham, bu özgariş terma jamoamiz manfaatiga xizmat qiladi", deydi u.

Ma'lumot uçun, 2013/2014 yillardagi mavsumning ikkinçi yarmida “Aş-Şa'b” şarafini özbekistonlik boşqa bir futbolçi Oybek Qiliçev ham himoya qilgandi.