Volkswagen kompaniyasi Las-Vegasdagi CES elektronika körgazmasida ötgan asrning 60-yillarida işlab çiqarilgan Microbus`ning yangi namunasini taqdim etdi.

Prototip asosida elekrokarlar va zaryadlanuvçi gibridlar uçun maxsus işlab çiqilgan yangi MEB modul arxitekturasi yotadi. Budd-e kontseptkarining uzunligi 4597, kengligi 1940, balandligi 3151 millimetrni taşkil etadi. Ğildiraklar bazasining hajmi 3151 millimetrga teng.

Avtomobil yoruğlik diodli asosiy çiroq, 21 dyuymli alyumin ğildirak diski va tom qismida quyoş batareyasiga ega böldi.

Avtomobil vazifalari ulkan sensorli displey, şuningdek, imo-işoralar orqali boşqariladi. Bundan taşqari, prototipga ovozli buyruqlarni payqaydigan takomillaştirilgan tizim örnatilgan bölib, “Hello Budd-e” jumlasi bilan faollaşadi. Uning yordamida, masalan, ovozli buyruq bilan maşinani bir oz isitiş mumkin.

Volkswagen Budd-e 101 kilovatt-soat siğimli akkumulyator jamlanmasi, old va orqa öqni harakatlantiriş uçun 135 va 170 ot kuçiga ega ikkita elektromotor bilan ta'minlangan. Soatiga 96 kilometr tezlikka çiqişi uçun 6,9 soniya talab etiladi. Eng yuqori tezlik esa soatiga 180 kilometrni taşkil etadi. Bir martalik quvvat bilan 533 kilometr masofani bosib ötadi. 80 foizlik quvvatni oliş uçun esa 30 daqiqa talab etiladi.

Autocar naşri ma'lumotiga köra, Budd-e 2018 yilda işlab çiqariladigan seriyali elektr kompaktvenining örinbosari hisoblanadi.