Komor orollari ittifoqi respublikasi "Saudiya Arabistoniga sadoqat ramzi" sifatida Erondan elçisini çaqirib oldi va rasmiy Tehron bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Bu haqda respublika Taşqi işlar vazirligining rasmiy gazetasi "Al-Vatan" naşrida ma'lum qilingan.
Vazirlikning qayd etişiça, Komor orollari Saudiya Arabistoni bilan döstona munosabatlarni davom ettirişdan manfaatdor va komorliklar "Saudiya Arabistonining içki işlariga taşqaridan ta'sir ötkazilişini qoralaydi".
Bu kiçik davlat Hind okeanida joylaşgan bölib, uning aksar aholisi musulmonlarning sunniy mazhabiga mansub hisoblanadi. Bu davlat Arab davlatlari ligasi vakilidir.
2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni şialar xatibi Nimr an-Nimrni qatl qilgaç, Tehrondagi saudiyaliklar elçixonasi oldida norozilik namoyişi ötkazildi va elçixona binosiga öt qöyildi.
3 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida e'lon qildi. Şundan keyin Bahrayn, Sudan, Jibuti va Somali ham Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida bildirdi. BAA, Kuvayt, Qatar va Iordaniya esa Tehrondagi elçilarini ortga çaqirib olişgan.
10 yanvar kuni Arab davlatlari ligasi favqulodda yiğiliş ötkazib, Saudiya Arabistoni va Eron munosabatlarini muhokama qilişadi.






