Xotira kartalari işlab çiqaruvçi SanDisk kompaniyasi ikkinçi avlod TLC-xotirasiga asoslangan SSD X400 seriyasini işlab çiqarişni yöl qöydi. Yangi disklar ham SATA 3.0 interfeysli an'anaviy 2.5 dyuymli SSD, ham M.2 2280 şaklida sotiladi.
SSD ixçam platasi kompyuter korpusida deyarli joy egallamaydi, şu bois şaxsiy komyuterlar egalari oxirgi variantga köproq diqqat qaratmoqda.
X400ning an'anaviy versiyasi 7 mm qalinlikdagi standart korpusga ega, M.2 variantining qalinligi esa bor-yöği 1.5 mm ni taşkil etadi, maksimal hajm ikki modelda ham bir xil: 128 Gbaytdan boşlanib, 1 Tbaytda tugaydi.

An'anaviy ravişda SanDisk mahsulotida kompaniyaning öz işlanmalari qöllanilgan: nCache 2.0 (SLC-keş), DataGuard va LDPC error correction. Bu X400 kartalarini beş yillik kafolat bilan ta'minlaş imkonini beradi.






