Qozoğistonning yirik avtodilerlari va riteylerlari servis xizmat körsatişga ötib ketişadi, foydalanuvçilar esa asosiy e'tiborni Xitoyning arzon maşinalariga qarata boşlaydi. Bu haqda PricewaterhouseCoopers konsalting firmasi mutaxassislari aytib ötişdi.

“Astana” telekanali efirida agentlik eksperti Şalqar Nurtleuov avtomaşinalar xaridi körsatkiçlari 2015 yilda rasmiy ravişda 50 foizga tuşib ketganini eslatib ötdi. Uning aytişiça, moliyaviy inqiroz köpçilikni arzon maşinalardan foydalanişga majbur qiladi.

Nurtleuovning fikriça, mavjud qiyinçiliklar tufayli yirik dilerlar maşina sotişdan texnik xizmat körsatişga ötib ketadi.

“2016 yilda arzon maşinalarning pozitsiyalari yaxşilanadi. Bozorga Xitoyning arzon maşinalari kirib kelib, ommalaşadi. Avtomobil haşam belgisiga emas, harakat vositasiga aylanadi. Bu bir tomondan quvonarli, çunki odamlar daromadi va buromadini hisoblaşni boşladi”, - ta'kidladi ekspert.