Farğona viloyatida özining yangi tuğilgan bolasini 2200 dollarga sotmoqçi bölgan ayol qölga olindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.Aytilişiça, Xolida Zaripovaning beş farzandi bölgan.

U bir neça yildan buyon tanişi Şarifjon Burxonov bilan şar'iy nikoh asosida yaşab kelgan.Bir kuni u şifokorga uçrab, oltinçi farzandga homilador bölib qolganini bilgan. Ammo Zaripovaga oltinçi farzand kerak emasdi, negaki moddiy qiyinçilikda yaşardi. U singlisi Durdona bilan maslahatlaşib, bolani sotib yuborişga qaror qilgan.

Şu maqsadda opa-singillar Farğona tuman tibbiyot birlaşmasi tuğruq bölimi boşliği Zubayda Ahrorovaga uçragan va bolani sotib berişni söragan. Şifokor ayol yaqinda tuğilgan bolasi ölib qolgan Odina Madaminovani “xaridor”likka köndirgan.

Rejaga muvofiq, bolaning onasi 1800 dollar, örtadagi “dallol” Ahrorova esa 400 dollar olişi kerak edi.Ammo jinoyatçilar voqea joyida, jinoyat ustida qölga olingan.
Tuman sudi qarori bilan jinoiy kelişuv iştirokçilarining bariga tegişli jazo tayinlandi.