Kia kompaniyasi katta yöltanlamas prototipining yangi tizerini e'lon qildi. Telluride (ilgari kontsept KCD12 indeksi ostida tilga olinardi) nomini olgan model keyingi hafta Detroytdagi motorşouda namoyiş etiladi.

Kontsept-karning birinçi tizeri yöltanlamasni old tomonidan namoyiş etadi, suratda esa uning intereri aks etadi. Prototip elektron uskunalar paneli va rul ğildiragida sensor tugmalariga ega böladi. Bundan taşqari, bu avtomobil Kia tarixidagi birinçi 3D-printerda çop etilgan detallar bilan jihozlangan model böladi. Xususan, bunday unsurlar rul, uskunalar va eşik panellarida qöllanilgan.

Prototip Kia’ning Kaliforniyadagi dizayn-studiyasida işlab çiqilgan. Işlab çiqaruvçilar kontsept eng oxirgi texnologiyalar bilan jihozlanişini, eng zamonaviy xavfsizlik tizimiga ega bölişini ta'kidlamoqda.

Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Kia Telluride prototipi Mohave yöltanlamasining örnini egallaydigan yangi model uçun asos bölib xizmat qiladi.