Toşkent köçalarida öziga xos libosda, şoxli şlemda va zamonaviy mototsiklda kezib yurgan bayker internet foydalanuvçilarining diqqatini öziga tortdi. Facebook’dagi “Voditeli Taşkenta” guruhida uning iştirokida köplab suratlar va hatto videoroliklar paydo böla boşladi.
Uşbu noma'lum “Betmen” öz mototsiklida şaharning turli burçaklarida paydo bölgan, va köpgina foydalanuvçilar uni suratga olişga ulgurgan. Katta köçalardan taşqari, uni mahallalar içida va yoqilği quyiş şoxobçasida obektivga tutib olişgan.
Diqqatga sazovor qiyofa yarata olgan bu şaxs kimligi hozirça oşkor etilmayapti.