Belarusda 2016 yildagi ilk ölim hukmi öqildi. Bu oliy jazo özi bilan yaşovçi ayolni öta vahşiylarça öldirgan erkakka çiqarilgan.
Minsk oblasti sudi Vileykida istiqomat qiladigan kişiga nisbatan ölim hukmini çiqargan. Erkak bundan oldin ham ölimga sabab bölgan oğir jismoniy şikast yetkazişlar tufayli sudlangandi.
Qayd etilişiça, Sobiq Ittifoq davrida u odam öldirgani sababli otib taşlaşga hukm qilingan, biroq hukm ustidan şikoyat qilingan, erkak ma'lum muddat qamoqda ötirgan, hamda muddat tugagaç, ozodlikka çiqqan.
Hozirgi hukm hali kuçga kirgani yöq va uning ustidan ham şikoyat qilinişi mumkin.
Belarus Yevropada ölim jazosi qöllaniladigan yagona mamlakat hisoblanadi.






