Qozoğiston fond birjasi (KASE) savdolarida tanganing örtaça kursi tarixiy minimumni takrorladi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Kurs 355,52 tangaga qadar tuşib ketdi.

11 yanvar kuni ertalabki ilk şartnomada bir dollarning bahosi 354,6 tanga böyiça narxlanib, eng past qiymatni qayd etdi. Eng yuqorisi esa – 356,35 ga yetdi. 17 iştirokçi qatnaşgan savdolarning umumiy hajmi 50,4 mln dollarni taşkil etdi.

8 yanvar kuni Qozoğiston tangasi tarixda birinçi marotaba psixologik muhim – bir dollar uçun 350 tangalik natijani qayd etgan edi. Şu kuni ertalabki savdolarda dollar kursi 351,85 tangaga yetdi.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 20 avgust kuni Qozoğiston erkin suzuvçi valyutalar kursi tartibidagi yangi iqtisodiy siyosatni yölga qöygan edi. Şu kundan e'tiboran dollar bahosini mamlakat markaziy banki emas, balki bozor belgilaydigan böldi. Natijada dollar kursi 19 avgust kunidagi 195 tangadan 20 avgustda birdaniga 255,26 tangaga kötarildi.