11 yanvar kuni FIFAning Tsyurixdagi ştab-kvartirasida taşkilotning yillik taqdimoti ötkazildi. Marosimda 2015 yilning eng yaxşi futbolçisi nomi ham e'lon qilindi va unga «Oltin töp» mukofoti topşirildi.

Marosim yakunida, "Eng yaxşi murabbiy", "Yilning eng çiroyli goli", "Yilning eng yaxşi ayol futbolçisi", halol öyin uçun Fair Play mukofoti egasi hamda "Yil ramziy terma jamoasi" e'lon qilinganidan keyin 2015 yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida "Barselona"ning argentinalik hujumçisi Lionel Messi nomi aytildi. Şu tariqa, u öz faoliyatida beşinçi marta «Oltin töp» egasiga aylandi.

«Oltin töp»ga nomzodlarni FIFA hamda France Football jurnali hamkorlikda aniqladi. Ular 23 familiyadan iborat röyxatni tuzişadi, şundan söng ovoz beriş boşlanadi, unda terma jamoalarning boş murabbiylari, jamoa sardorlari va nufuzli sport jurnallari iştirok etadi.

FIFA matbuot xizmati axborotiga köra, milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va matbuot kotiblari örtasida ötkazilgan sörovnoma yakunlariga köra, Lionel Messi 41,33 foiz, Madridning "Real" klubi hujumçisi, portugaliyalik Kriştianu Ronaldu 27,76 foiz, Messining klubdoşi, braziliyalik Neymar esa 7,86 foiz ovoz töpladi.

«Oltin töp» egasi nomi hali e'lon qilinmagan vaqtda

 Lionel Messidan dastxat olişmoqda

Dastxat ulaşayotgan Ronaldu

Antiqa şlyapasi bilan özgaça taassurot qoldirgan Neymar

Antiqa kostyumi bilan barçaning nigohini öziga qaratgan Pogba

Yil ramziy terma jamoasi