Oxirgi paytlarda Leonardo Di Kaprioning katta ekranda paydo bölişi kino işqibozlari orasida eski mavzuning qaytadan kötarilişiga sabab bölmoqda: Leo nihoyat Oskar oladimi, yöqmi?

“Omon qolgan” (The Revenat) vesterni premerasidan söng yoğilgan maqtovli fikrlar göyoki azaliy savolga javob topib berganday edi: bu safar oladi!
Uşbu xulosa nimaning asosiga qurilganiga qiziqdim. Filmni körib çiqişga 2.5 soat vaqtimni ayamadim. Xöş, u haqda nima deyiş mumkin?

Maykl Pankening şu nomli kitobiga asoslangan film afsonaviy trapper va mauntinmen (Yovvoyi Ğarbda: toğ ovçisi va möynafuruşi), oğir yarador ahvolda suvsiz va ovqatsiz 320 km qorli yölni bosib ötgan Xyu Glassning tarjimai holiga tayanadi. Arikara hindularining hujumiga uçragan ovçilar guruhi yukning bir qismini taşlab qoçişga majbur böladi, Grand-River yöl ayrilişida töxtaganlarida esa örmon içiga kirib ketgan Glass ona ayiq hamlasiga duçor böladi. Böyni kesilib ketgan, badani ilma-teşik qilib yuborilgan ovçi pirovardida öz şeriklariga ham ortiqçalik qila boşlaydi. Ammo yolğiz taşlab ketilgan Glassda tösatdan yaşaş ilinji alangalanadi...

Filmning şaksiz yutuqlarini e'tirof etmay ilojimiz yöq: postanovka, montaj, operator işi, tarixiy muhitning gavdalantirilişi, maxsus effektlar yuksak saviyada. Çiroyli tabiat manzaralari qonli sahnalar bilan omuxtalaşib, tabiiylik hosil qiladi.

Meksikalik rejissyor Alexandro Inyarritu bir yil muqaddam uçta Oskarga sazovor bölgan “Byordmen” qora komediyasida sinab körgan usulini davom ettirgan: kamera tasviri deyarli uzilmaydi, videoqator qisqa-qisqa kadrlarga bölinib ketmaydi, aksinça, jarayonga dinamika va jon bağişlanadi. Bunday yondaşuv postanovkaçi, aktyorlar va maxsus effekt ustalari oldiga nihoyatda murakkab masalani qöyadi: sinxron va tezkor işlaş. Ular buning uddasidan çiqqani körinib turibdi.

Şu bilan birga, alqovlarning ortiq darajada oşirib yuborilganini e'tirof etişimiz kerak. Film amalda yaxşi kitobning ekranlaştirilişidan boşqa narsa emas, yaxşi kitob ekranga köçganida esa asosiy urğu syujyetga berilib, ğoya ikkinçi planda qolib ketadi. Nega “Yarim tun bolalari” va “Qora orxideya”ning kino versiyalari kitobidan past saviyada? Çunki sözlar yetkaza oladigan ma'noni videotasvir har doim ham oçib bera olmaydi. Şuning uçun “Omon qolgan”ning kitobini öqib çiqiş ma'qulroq, deb öylayman.