Poytaxtimizda Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi tomonidan taşkil etilgan körgazmali seminarning oçilişida bu alohida qayd etildi. Tegişli vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari, Toşkent şahri va viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari vakillari iştirok etgan tadbirda soliq va byudjyet siyosatining 2016 yilga möljallangan asosiy yönalişlaridan kelib çiqib soliq qonunçiligiga kiritilgan özgartiş va qöşimçalar mazmun-mohiyati atrofliça tuşuntirib berildi.

Davlat soliq qömitasi raisi B.Parpiyev va boşqalar Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotimizning yetakçi soha va tarmoqlarining zamon bilan hamnafas faoliyat yuritişiga barça zarur şaroit yaratib berilayotganini ta'kidladi. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yöl oçib berilayotgani, axborot-kommunikatsiya tizimlarining hayotimizga faol joriy etilayotgani, işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo bozorida raqobatdoşligi ortib borayotgani – bularning barçasi biz erişayotgan yutuqlarning mustahkam poydevorini taşkil etmoqda.

Prezidentimizning 2015 yil 22 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi qaroriga asosan yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, aholining real daromadlarini oşiriş maqsadida qator soliq va majburiy tölovlar stavkalari pasaytirildi. Qonun hujjatlariga asosan berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi.

Xizmat körsatiş sohasidagi mikrofirma va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovi stavkasi 2015 yildagi 6 foizdan 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi. Bojxona rasmiylaştiruvi böyiça xizmatlar körsatuvçi yuridik şaxslar (bojxona brokerlari) uçun yagona soliq tölovi stavkasi ham 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi. Qayd etiş joizki, yagona soliq tölovi stavkasining kamayişi hisobiga uşbu mikrofirmalar va kiçik korxonalar ixtiyorida joriy yilda 58,4 milliard söm mablağ qolişi kutilmoqda.

Eksport qiluvçi korxonalar uçun foyda soliği, yagona soliq tölovi va mol-mulk soliğining regressiv stavkasini qöllaş tartibi, ya'ni eksport uluşi sotişning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgaça bölganda, belgilangan stavka 30 foizga, 30 foiz va undan köp bölganda stavka 50 foizga pasaytirilişi 2016 yilda ham saqlab qolindi.

Jismoniy şaxslar daromadlariga soliq yukini pasaytiriş maqsadida 2016 yil 1 yanvardan boşlab, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkasining ikkinçi şkalasi (eng kam iş haqining bir barobaridan beş barobarigaça miqdorda) 2015 yildagi 8,5 foizdan 1 foizli punktga kamaytirilib, 7,5 foiz qilib belgilandi. Natijada 235 milliard sömdan ortiq mablağ işçi va xizmatçilarning ixtiyorida qoliş imkoniyati yaratildi.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida ayrim imtiyozlar muddati uzaytirildi. Jumladan, nooziq-ovqat iste'mol tovarlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalar uçun foyda soliği, mol-mulk soliği, mikrofirma va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovi hamda Respublika yöl jamğarmasiga majburiy ajratmalar tölaşdan ozod etiş tarzidagi imtiyozlar muddati 2018 yilning 1 yanvariga qadar amal qiladi.

Töqimaçilik sanoati korxonalari uçun mol-mulk soliği tölaşdan ozod etiş böyiça berilgan imtiyozning muddati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

 Qonunçilikka kiritilgan özgartişlarga muvofiq, avtomobil transporti sohasida faoliyat yurituvçi kiçik korxonalar xodimlar sonini 25 nafardan 50 nafargaça oşirsa, kiçik biznes sub'yektlariga berilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalaniş huquqiga ega böladi.

2016 yildan boşlab mobil aloqa xizmatlari körsatuvçi yuridik şaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) foyda soliğini rentabellik darajasidan kelib çiqib tölaydi. Ya'ni, rentabellik darajasi 20 foizgaça bölganda – 7,5 foiz stavkada, rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bölganda foyda summasiga – 50 foiz stavkada soliq soliş belgilandi.


Faoliyatni yuritiş joyidan qat'i nazar, benzin, dizel yoqilğisi va suyultirilgan gaz, şuningdek, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotuvçi korxonalar uçun 2016 yildan boşlab yagona soliq tölovi stavkasi unifikatsiya qilinib, tovar aylanmasiga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.

Joriy yilning 1 yanvaridan boşlab noruda quriliş materiallariga (sement, ohak, gips va boşqa mahsulotlar xomaşyosi) yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari birxillaştirildi. Endilikda ular uçun yagona 5 foizlik stavka belgilandi.

Yagona yer soliği stavkasi qişloq xöjaligi yerlarining qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilandi. Bunda 2016 yil 1 yanvardan boşlab yagona yer soliği Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qişloq xöjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq aniqlangan qişloq xöjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib çiqqan holda hisoblab çiqarilişi tartibi joriy qilindi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari böyiça qat'iy belgilangan soliq stavkalari 2015 yil darajasida özgarişsiz qoldirildi. Mazkur soliq stavkasi yil boşiga belgilangan eng kam iş haqi miqdoridan, ya'ni 130 240 söm (01.01.2016) dan kelib çiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam iş haqi miqdori özgargan taqdirda qayta körib çiqilmaydi.

Jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning amaldagi stavkasi 15 foizga indeksatsiya qilindi va soliqning asosiy stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,5 foiz miqdorida belgilandi. Alohida stavkalar şaharlarda joylaşgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgaça bölgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foiz, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bölgan turar joy va kvartiralar uçun esa 2,5 foiz qilib belgilandi. Jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan kelib çiqib, biroq 3 million sömdan kam bölmagan miqdordan soliq hisoblaş tartibi joriy qilindi.

Soliq ma'murçiligini takomillaştiriş maqsadida 2015 yil 31 dekabrdagi Özbekiston Respublikasining «Soliq va byudjyet siyosatining 2016 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonuni bilan Soliq kodeksining 39 moddasiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Davlat soliq xizmati organiga kameral nazorat natijalari böyiça aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlaştirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan soliq tölovçilarning hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni töxtatib turiş yuzasidan sudga ariza bilan murojaat etiş huquqi berildi.

Tadbir davomida soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni öz vaqtida tölab kelayotgan mamlakatimizning barça hududlaridan kelgan bir guruh namunali soliq tölovçilar Davlat soliq qömitasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Körgazma 16 yanvarga qadar davom etadi.

Manba: ÖzA

Suratlar muallifi Sarvar Örmonov.