Angliya premer ligasining Barclays bilan homiylik şartnomasi keyingi mavsumlar uçun uzaytirilmaydi. Sun naşrida yozilişiça, Barclays APLning yangi şartnomada homiylik mablaği oşirilişidan xavfsiragan (hozirgi şartnomaga köra bu miqdor yiliga 40 million funt, ya'ni 53,4 mln yevro).
Şartnomaning uzaytirilmasligi esa, liga logotipi özgartirilişiga olib keladi. Keyingi mavsumdagi logotipda afsonaviy şer tasviri bölmasligi aytilgan. Bu şer aynan Barclays`ni ifodalovçi belgi edi.
Hozirça liga rahbariyati yangi homiy izlamayapti. Lekin fevral oyida yangi ramzni yaratiş uçun ijodiy agentlik tanlanadi.






