Xalqaro futbol uyuşmasi FIFA korrupsiya bilan boğliq jinoyatlarda ayblanayotgan taşkilot Boş kotibi Jyerom Valkening iste'foga çiqarilganini rasman ma'lum qildi. Xabar taşkilot rasmiy saytiga joylaştirilgan.
Valkeni iste'foga çiqariş böyiça qaror 9 yanvar kuni qabul qilingan. FIFA Boş kotibi lavozimini Markus Kattner vaqtinçalik boşqarişda davom etadi.
Oldinroq, uning FIFA axloq qoidlarining bir neça normalarini buzgani, jumladan turli sovğalar va turli imtiyozlarni ma'lum manfaat yölida qabul qilgani aniqlangandi.
2015 yilning 8 oktabrida Valke 90 kunga futboldagi faoliyatidan çetlaştirilgan, keyinçalik bu muddat yana 45 kunga uzaytirilgandi. 7 yanvar kuni FIFA axloq qömitasining arbitraj palatasi unga nisbatan iş oçilganini e'lon qilgandi.






