Meksika hukumati narkabaron Xoakin “El Çapo” Gusmanni ikkinçi marta qoçişga urinib, söng qölg olinganidan keyin jiddiy ravişda qöriqlamoqda. Bu haqda Reuters xabar beradi.

Endilikda kartel boşliği qamoqxonaning boşqa bir qismida hibsda bölib, uning kamerasi oldida qöriqçilar keçayu kunduz navbatçilik qiladi. Kameraning pol qismi mustahkamlandi. Çunki El Çapo ötgan safar aynan polni teşib, tunnel orqali qoçib ketgan edi.

Mahalliy OAVning tarqatayotgan xabarlariga köra, Xoakinni qöriqlaş uçun qöşimça nazorat qurilmalari, jumladan, datçik va videokuzatuv moslamalari örnatilgan. Öz navbatida, qamoqxona taşqarisida zirhli avtomobillar va yengil tanklar joylaştirilgan.