Il-112 yengil harbiy-transport samolyotining yangi parvozlari 2017 yilda amalga oşirilişi kutilmoqda. Bu haqda «Gazeta.ru» Rossiya savdo-sanoat vaziri örinbosari Andrey Boginskiy bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

«Loyiha işlab çiqilmoqda. Umid qilamanki, kelgusi yilda Il-112ning yangi parvozi amalga oşadi», — deydi Boginskiy.

Şuningdek, harbiy koinot kuçlari joriy yilda ikkita yangi transport Il-76MD-90A harbiy samolyotlarini qölga kiritişdi. Bu Il-76 samolyotining vorisi bölişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi 2013 yilda Il-112 yengil harbiy-transportini qaytadan işlab çiqiş böyiça bir töxtamga kelgandi.