Qatar poytaxti Doha şahrida start olgan U-23 yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati "C" guruhi vakillari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan Janubiy Koreyaga qarşi ilk öyindan oldin turnirdagi barça jamoalar, jumladan Özbekiston U-23 terma jamoasi ham oliy maqsad – Olimpiada yöllanmasi uçun kuraş olib boriş uçun Qatarga kelganini ta'kidladi.
“Qatardagi turnir hozirgi kunda şu yoşdagi eng kuçli terma jamoalarni töpladi. Ular Osiyo futboli kelajagi deb ayta olaman. "S" guruhi esa turnirdagi eng kuçli guruh. Bu yerga barçamiz nima uçun kelganimizni bilamiz. Biz ham, öz navbatida özimizning eng yaxşi öyinimizni körsatiş va Olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş uçun taşrif buyurdik”, - deydi Babayan.
“Töğri, biz Osiyo çempionati final bosqiçiga yöllanmani qiyinçilik bilan qölga kiritdik. Ammo, aytişim kerak, tarkib deyarli 50 foizga yangilandi. Bu bizga kelajakka optimistik köz bilan qaraşga sabab böladi. Tarkibimizdagi aksariyat futbolçilar yoş bölişiga qaramay ança iste'dodli futbolçilar deb ayta olaman. Ularning köpçiligi 20 yoşgaça bölgan Jahon çempionatida iştirok etişdi. Tarkibimizni yoşartirganimizga qaramasdan, biz töğri yöldan ketayapmiz deb hisoblayman. Yana qaytaraman, biz yaxşi tayyorgarlik kördik va öz öyinimizni namoyiş eta olsak, maqsadimizga erişa olamiz.
Özbekistonda iste'dodli va tajribali murabbiylar köp. Özbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti meni olimpiya terma jamoasiga ham boş murabbiy etib tayinlaganining sababi, avvalo milliy terma jamoa uçun qay darajada zaxiraga ega ekanligimizni aniqlab oliş uçun. Sababi, bu futbolçilar, nafaqat milliy terma jamoa, balki özbek futbolining ham kelajagidir. Qolaversa, milliy terma jamoaning öyin falsafasi, ğoyasini olimpiya terma jamoasiga ham singdiriş lozim deb öylayman”, - dedi Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi.
Samvel Babayan şuningdek, har bir raqibning öyinini terma jamoa murabbiylar ştabi yetarliça örganganini alohida ta'kidladi.
“Barça raqiblarimizning öyin uslublarini yetarliça örgandik. Hatto, aytişim mumkin ularning öyin falsafasini ham yaxşilab örgandik. Taktik sxemalari borasida ham yetarli ma'lumotlarga ega böldik. Biz eng kuçli guruhdan örin oldik. Aniq ayta olamanki, uşbu guruhdan örin olgan tört terma jamoadan biri uçta yöllanmadan birini qölga kiritadi. Qolaversa, bunday qisqa muddatli turnirlarga alohida tayyorgarlik köriş kerak. Har bir öyin muhim ahamiyatga ega. Şuning uçun, har bir raqibimizga qarşi, har bir öyinga xuddi finalda öynayotgandek tuşamiz”, - dedi Samvel Babayan.






