"Çelsi" jamoasining yangi boş murabbiyi Guus Xiddink jamoaning belgiyalik yarim himoyaçisi Eden Azarning hozirdagi sport formasi haqidagi savollarga javob berdi.
U futbolçining avvalgi holatiga qaytişi uning özi ustida işlaşiga boğliq ekanini qayd etib ötgan.
"Azarga yaxşi e'tibor kerakmi? Men uning onasi emasman. Futbolçi özi haqida özi qayğurişi kerak. Kimnidir qamçi orqali, kimnidir şunçaki qöl çöziş orqali yaxşi tomonga özgartiriş mumkin. Kimdir esa özini qölga olişi kerak böladi.
Biz Azarga öz darajasiga qaytişi uçun vaqt beramiz. Unga maşğulotlarda ortiqça bosim yuklanmaydi.
Azar sovrinlar yutgan futbolçi, ammo joriy mavsumda u "jismoniy holati" bilan boğliq muammolarga töqnaşdi. Biz unga albatta yordam beramiz. U barça muammolaridan xalos bölib, odatdagi holatiga qaytişi kerak", deydi murabbiy Goal naşriga.






