Rossiyaning «Zenit» futbol klubi hujumçisi Xalk öz oilasiga yangi Alisi ismli qizni asrab oldi. Bu haqda braziliyalik futbolçi özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Döstlar, sizlar bilan hayotimdagi eng quvonçli voqealardan birini aytmoqçiman. Mening fariştam, yaratganning menga, oilamga tuhfasi Alisini rasman öz oilamiz a'zosiga aylantirdik. Nihoyat bu orzuim uşaldi. Endi men dunyodagi eng baxtliman. Endi oilam töla-tökis böldi. Alisi, dadang seni yaxşi köradi», deb yozib qoldirgan Xalk.

Xalk bergan ma'lumotlarda qizçaning millati va yoşiga aniqlik kiritilmagan.

Ma'lumot uçun, braziliyalik futbolçi rafiqasi Iran bilan Yaponiyada tanişgan. Juftlikning Alisidan taşqari ikkita – haqiqiy farzandlari Ian va Tiagu bor.